
Planni yuklang
Chizmani yuklang yoki suratga oling — 50 MB gacha. MIMORAM xonalarni o‘zi topadi, siz tekshirasiz: keraklisini qoldirasiz, masshtabni bitta devor bilan berasiz, devor balandligini yozasiz.
Plan rasmini yuklaysiz — MIMORAM xonalarni o‘zi topib, real o‘lchamdagi 3D xonaga aylantiradi. Ichiga haqiqiy mahsulotlarni qo‘yasiz, ichida yurasiz, narxini bilasiz.
Studio akkauntsiz ochiladi · so‘rovnoma 2–3 daqiqa

Xonalar
Rang palitrasi
Qanday ishlaydi
Namuna mahsulotlar
Mebel biznesi uchun
so‘rovnoma 2–3 daqiqa
Mahsulotingiz katalogda — nomi, narxi, surati, o‘lchami, 3D modeli bilan. Sizdan surat, o‘lcham va narx; katalogga biz qo‘shamiz. 3D model yo‘qmi — so‘rovnomada ayting.
Xaridor uni o‘z xonasiga qo‘yib ko‘radi — real o‘lchamda — savatga soladi, jami narxni ko‘radi.
Narx — siz aytgan narx; xaridor katalogda aynan shuni ko‘radi. Erta kirishda buyurtma biz orqali: xaridor so‘rov qoldiradi, biz siz bilan bog‘lanamiz.
Onlayn buyurtma va bosqichma-bosqich kuzatish, hamkor kabineti, sotuv statistikasi, avtomatik to‘lov yoki komissiya. Bularni birinchi hamkorlar bilan birga quramiz — so‘rovnomada nima kerakligini so‘raymiz.
Birinchilar bilan qurayapmiz: siz ishlatasiz, biz tuzatamiz. Qisqa so‘rovnomada kim ekaningizni aytasiz — uy egasi, mutaxassis yoki mebel biznesi — keyin biz o‘zimiz bog‘lanamiz.
Erta kirishga yozilish